Damashq xalqaro aeroporti 18 dekabrgacha barcha turdagi samolyotlarning qo‘nish va jo‘nashini bekor qildi. Bu haqda aeroport tomonidan e’lon qilingan maxsus NOTAM xabarida aytiladi, deya xabar beradi «TASS».
«2024 yil 18 dekabrgacha Damashq aeroportiga/dan barcha reyslar to‘xtatildi», deyiladi hujjatda ertalab Suriya havo hududining barcha foydalanuvchilari e’tiboriga havola qilingan. Xuddi shu xabarga ko‘ra, aeroport ishi 18 dekabr kuni UT soat 19:00 da tiklanishi mumkin.
Aleppo xalqaro aeroporti ham xuddi shunday xabar tarqatdi. U, NOTAM ma’lumotlariga ko‘ra, 17 dekabr oqshomiga qadar har qanday samolyotni qabul qilish va qo‘yib yuborish uchun yopiq.