Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dahshat! O‘z opasini xo‘rlagan uka (foto)

A A A
Dahshat! O‘z opasini xo‘rlagan uka (foto)

Hindistonning Shimoliy Dehli shahrida istiqomat qiluvchi uka 50 yoshli opasini ikki yil davomida qulflangan xonada ushlab turgani va uni shafqatsizlarcha qiynoqqa solgani uchun hibsga olindi.

Polisiya ayolni topganida u hattoki oyoqqa ham turolmaydigan holatga tushib qolgandi. Uning so‘zlariga qaraganda, ukasi uni 4 kunda bir marotaba ozgina non bo‘lagi bilan boqqan ekan, deya xabar berdi “The Sun”.

Bu ayol haqidagi xabar uning yana bir ukasi tomonidan polisiyaga ma’lum qilingan. Aniqlanishicha, ayol bu holga tushishidan oldin onasi bilan birga yashagan, ammo uning o‘limidan so‘ng unga hech kim g‘amxo‘rlik qilmagan. Ukasi esa opasiga qarash faqat uning zimmasiga tushganidan darg‘azab bo‘lgan va uni alohida xonaga qamab qo‘yib, qarindoshlarining ham ko‘rishiga yo‘l qo‘ymagan.

Polisiya erkakni hamda uning rafiqasini qo‘lga oldi. Ammo ularning ism-shariflari haligacha oshkor qilgani yo‘q.

 

Kiritildi: 09:25 21.09.2018. O'qildi: 4873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik