Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Dahshat! O‘z farzandiga vahshiylarcha munosabatda bo‘lgan ona 28 yilga "kesildi" (foto)

Dahshat! O‘z farzandiga vahshiylarcha munosabatda bo‘lgan ona 28 yilga "kesildi" (foto)

Besh yoshli bola zina ostidagi podvalda yashab kelgan, yomoni onasi bunga majburlagan.

Tammi Blaymayer 5 yashar o‘g‘liga vahshiylarcha munosabatda bo‘lgan. U farzandini zina ostidagi podvalda saqlab kelgan.

Polisiyachilar agar Jordanni topib olishmaganida, yana bir necha kundan so‘ng u halok bo‘lar ekan. Shundoq ham unda bir nechta kasallik belgilari aniqlangan. Bolakayning ayni damdagi vazni 13 kilogrammga teng.

Polisiyaning aniqlashicha, Texas shtatida yashovchi 38 yoshli ayol eri bilan birga giyohvand modda qabul qilishgan, mehmonlar kelganida bezovta qilmasligi uchun esa o‘g‘liga shunday vahshiyona munosabatda bo‘lishgan. Yana ham achinarlisi, ona o‘g‘liga ovqat bermagan, kuniga bir bo‘lak non bilan kifoyalangan.

“The Sun” nashrining yozishicha, ona 28 yilga qamaldi. Voqeadan xabardor bo‘la turib, chora ko‘rmagan ota esa 15 yilga kesildi. Sudda ayolga qarshi uning boshqa ikkita o‘g‘li ham ko‘rsatma bergan.

 

Kiritildi: 14:27 14.12.2018. O'qildi: 5200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!