Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dahshat! Ayol o‘g‘lini xafa qilgan 6 yoshli qizaloqni o‘ldirib, yoqib yubordi

Dahshat! Ayol o‘g‘lini xafa qilgan 6 yoshli qizaloqni o‘ldirib, yoqib yubordi

Voronej viloyatida dahshatli fojia yuz berdi. 13 yil muqaddam qo‘shni qizaloqni o‘ldirib, jasadni yoqib yuborgan ona endi sud oldida javob beradi.

Tergov davomida ayolning uning kichik o‘g‘lini itarganligi sababli marhum qizaloqni qattiq qiynoqqa solganligi aniqlandi.

Eng dahshatlisi, ona bu ishni 3 yoshli o‘g‘lining oldida sodri etgan. Bolakay ulg‘aydi, lekin sodir bo‘lgan hodisani unuta olmadi va bir kun bu haqida qarindoshi aytib qo‘ydi. Shundan keyin huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qizaloqning haqiqiy qotilini topishdi.

O‘lik qizchaning bosh suyagi 2005 yilda qishloq aholisi tomonidan dalada meva-sabzavotlarni yig‘ish paytida topilgan. O‘sha paytda tergov izsiz yo‘qolgan bola qotilining iziga tusha olmagandi.

2006 yilda tergov to‘xtatilgandi. Ammo o‘smirning hikoyasi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini o‘tgan yillardagi jinoyat ishiga qaytishga majbur qildi.

Kiritildi: 06:34 22.02.2019. O'qildi: 2493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!