Yangi aniqlangan virus (Merbecovirus) inson hujayralariga COVID-19 kabi kirib boradi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Xitoylik tadqiqotchilar ma’lum qilishicha, ushbu virus tanaga kirish uchun hujayra yuzasi oqsilidan foydalanadi, bu esa koronavirus keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 virusi bilan bir xil jarayon hisoblanadi.
Xabarga ko‘ra, virus inson hujayralariga SARS-CoV-2 kabi osonlik bilan kirmaydi. Unda ayrim to‘siqlar paydo bo‘ladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 singari, ko‘rshapalak virusi HKU5-CoV-2 ham furin parchalanish joyi deb nomlanuvchi xususiyatni o‘z ichiga oladi, bu uning hujayra yuzalarida ACE2 reseptor oqsili orqali hujayralarga kirishiga yordam beradi.
Shuningdek, ko‘rshapalak virusi insonga yuqish tezligi va xavfli ta’sirlarini aniqlash bo‘yicha hali tadqiqotlar davom etayotgani ma’lum qilindi. (https://www.cell.com/cell/abstract/S0092-8674(25)00144-8)