«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MCHJ ustav kapitalidagi 57,118% davlat ulushi oshkora sotuv jarayoni orqali sotilishi haqida ma’lumot e’lon qilindi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Kompaniyaning bozordagi ulushi 2019 yilda qariyb 47% tashkil etgan bo‘lib (bu eng yaqin raqobatchidan taxminan 70% ko‘proq), O‘zbekistondagi gazlangan alkogolsiz ichimliklarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
2019 yildagi daromadi 1,455 trln so‘mni tashkil etgan. Bu sotish jarayoni bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining eksklyuziv moliyaviy maslahatchisi vazifasini Rothschild & Cie hisoblanadi.