Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

"Coca-Cola" ayrim brendlaridan voz kechadi

"Coca-Cola" ayrim  brendlaridan  voz  kechadi

"Coca-Cola" kompaniyasi bosh direktori Jeyms Kuinci foydasi kutilgan natijalarni bermayotgan brendlardan voz kechib, e’tiborni muvaffaqiyatli kompaniyalarga qaratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Financial Times.

Qayd  etilishicha,  kompaniyaga  tegishli 400 ta brendning yarmidan ko‘pi bitta bozor bilan cheklangan va ular o‘rtacha ko‘rsatkichdan sekin o‘smoqda.  Endilikda, kompaniya songa emas sifatga ko‘proq e’tibor bergan holda yirikroq brendlarga ustunlik beradi.

"Bu bizga Minute Maid va Simply kabi brendlarga sarmoyalarni qo‘llab-quvvatlash va Topo Chico kabi yangi brendlarga poydoveor yaratishga imkoniyat beradi",  degan Kuinsi.

Avvalroq,  "Coca-Cola" sharbat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Odwalla” kompaniyasi yopilishini e’lon qilgandi. "The Wall Street Journal" nashriga ko‘ra, ushbu brenddagi mahsulotlar realizasiyasi  iyul oxirida to‘xtatiladi. 

Kiritildi: 10:42 28.07.2020. O'qildi: 3348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!