Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

CNN: Tramp suiqasd ishi bo‘yicha FQBga guvohlik beradi

CNN: Tramp suiqasd ishi bo‘yicha FQBga guvohlik beradi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniyada o‘ziga qarshi uyushtirilgan suiqasd yuzasidan Federal qidiruv byurosiga (FQB) guvohlik berishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda CNN telekanali muassasa vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, suhbat ixtiyoriy asosda olib boriladi.

Tramp qachon so‘roq qilinishi hozircha aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Trampga qarshi suiqasd 13 iyul kuni uning saylovoldi tashviqoti doirasida Pensilvaniyada saylovchilar oldidagi nutqi chog‘ida sodir bo‘lgan edi.

Kiritildi: 07:04 30.07.2024. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!