Toshkent viloyati va Dechjou shahri o‘rtasida tuzilgan strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2024-yili Chirchiqda Dechjou texnoparki quriladi. Loyiha mikrochiplar va yarimo‘’tkazgichlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati $1 mlrdni tashkil qiladi.
Piskent tumani hokimi Nodir Yakubov Shandun provinsiyasining Bochjou shahrida joylashgan “Gujing” korporasiyasi bilan muzokara olib bordi va tumanda yetishtirilgan mosh mahsulotini eksport qilishga kelishildi.
Shuningdek, tumani hokimi Nodir Yakubov va Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim qiymati $85 mlnga teng bo‘lgan shartnoma tuzishga kelishib olishdi.