Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 273 mlrd so‘m zarar yetkazildi

A A A
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 273 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, reyd tadbirida Chirchiq daryosi o‘zanidan MCHJ tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinayotgan vaqtida to‘xtatildi.

Mazkur MCHJ bundan oldin ham davlat inspektorlari tomonidan ogohlantirilganligi va javobgarlikka tortilganiga qaramay, faoliyatini davom ettirgan.

Qum-shag‘al qazib olinishi natijasida tabiatga 273 milliard 802 million 688 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Ish yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Kiritildi: 11:25 01.11.2024. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!