2024 yilda sanitar tozalash korxonalari ishtirokida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmaganlik bilan bog‘liq 2 236 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Bu haqda Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, sanitar tozalash infratuzilmasi ob’ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzib, faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim sanitar tozalash korxonalariga huquqiy baho berilishini ta’minlash alohida nazoratga olingan. Aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rilgan.
Unga ko‘ra jami 814 mln 771 ming so‘m miqdoridagi jarimalar qo‘llanilgan bo‘lib, mas’ullarning 8 tasiga jinoiy javobgarlik belgilangan hamda “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlarni ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi 4 ta bitim bekor qilingan.