Bugun Chimkent shahrida misli ko‘rilmagan tarixiy voqea ro‘y berdi. 52 yoshli Ortiq Dosaliyev umumiy og‘irligi 120 tonna bo‘lgan beshta temir yo‘l vagonini harakatlantirib, 21 metru 40 santimetr masofaga sudradi. O‘nlab tomoshabinlar g‘ayrioddiy voqeaning guvohi bo‘lishdi. Qozog‘iston rekordlar kitobi vakillari bu ko‘rsatkichni rasman ro‘yxatga olishdi.
Rekord qayd etilishidan avval mutaxassislar barcha texnik ko‘rsatkichlarni sinchkovlik bilan tekshirib ko‘rdi – relslar o‘lchami, ularning haqiqiy og‘irligi, o‘lchangan masofa maxsus qurilmalar yordamida tasdiqlandi.
— Relslar gorizontal, masofa lenta o‘lchovi bilan o‘lchandi va vazni to‘liq tasdiqlandi. Bu yerda bo‘lganlarning barchasi voqea guvohi bo‘lgan. Bu — toza rekord. Qozog‘istonda bunday holat hech qachon qayd etilmagan. Bu global muvaffaqiyat deb hisoblanadimi? Bu haqda gapirishga hali erta – xalqaro analoglar bilan solishtirish kerak, — dedi Qozog‘iston rekordlar kitobi vakili Baqitjan Tastulekov.