Chimkentda polisiya xodimlari 8 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaroni qo‘lga oldi.
Chimkent PD Migrasiya xizmati boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 8 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi aniqlandi.
Qidiruvda bo‘lgan 41 yoshli jinoyatchi ichki ishlar xodimlari tomonidan Turon tumanidagi ijaraga olingan xonadonlardan birida qo‘lga olindi. Hozirda sud qarori bilan erkak respublika hududidan chiqarilib, Qozog‘istonga besh yilgacha kirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
2024 yil 14-18 oktyabr kunlari “Noqonuniy migrant – 2024” tezkor profilaktika tadbiri davomida Chimkent shahrida Qozog‘iston Respublikasiga kelish, bo‘lish va ketish qoidalarini buzgan 556 nafar xorijlik va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari aniqlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.
“Migrasiya qonunchiligini qo‘pol ravishda buzgan 61 nafar chet el fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi hududidan chiqarib yuborildi. 44 nafar xorijlikning Qozog‘iston Respublikasida bo‘lish muddati qisqartirildi”, — deyiladi Chimkent Polisiya departamenti xabarida.