Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chilyosin qachon o‘qiladi?

Chilyosin qachon o‘qiladi?

— Yaqinda qo‘shni qishloqlik o‘smir yigit vasvasaga chalinib qolgan ekan,  “O‘g‘limga chilyosin o‘qib qo‘ying”, deb kelishibdi. Ularga bunday vaqtda chilyosin o‘qish shart emasligini, oldin u yigit bilan gaplashib, unga o‘z joniga qasd qilish katta gunohligi haqida tushuncha berib, Qur’ondan ba’zi suralarni o‘qib dam solish lozimligini aytdim. Chilyosin odatda, og‘ir ahvoldagi kishilarga o‘qilishini tushuntirdim. Lekin shunga qaramay, ular boshqa kishini olib borib, chilyosin o‘qitishibdi. Savolim shundan iboratki, vasvasaga chalingan odamga chilyosin o‘qilishi to‘g‘rimi?

— Shifo umidida har qanday bemorlikka o‘qish joiz. Chilyosin o‘qish diniy manbalarda kelmagan. Ammo tajribada uning natijasi ko‘p ko‘rilgan. Vallohu a’lam!

Odinaxon Muhammad Sodiq

 

Kiritildi: 06:05 24.08.2019. O'qildi: 11386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!