Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 2018 yil 10 oktyabr kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi B.A. TXAY ko‘chasida tanishi M.N.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, qo‘lidan ichida 6 mln. 600 ming so‘m puli va “Nokiya” mobil telefoni bo‘lgan sumkasini tortib olib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha ko‘rilgan choralar natijasida B.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.