Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Chilonzorda «Damas» yondi

A A A
Chilonzorda «Damas» yondi

Bugun, 20 aprel kuni soat 17:15 lar atrofida haydovchi M.Z. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli transport vositasini Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida, «Novza» masjidi atrofida boshqarib ketayotgan vaqtida avtomashina texnik buzilgan va yo‘l chetida to‘xtagan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi transport vositasini qayta yurgizdirgan vaqtida avtomashinaning dvigatel qismidan yong‘in chiqqan.

Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, «Damas» rusumli transport vositasining ayrim qismlari yonib ketgan.

Ayni vaqtda yong‘in sodir bo‘lishi sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 20:08 20.04.2020. O'qildi: 3464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik