Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Chilonzorda ayol ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketdi

Chilonzorda ayol ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketdi

Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi ayol kecha tungi 11-30 larda 9 qavatdan tushib ketib voqea joyida halok bo‘lgani haqida zamon.uz saytiga xabar kelib tushdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol 30 yoshlar atrofida bo‘lgan. Ayol o‘z joniga qasd qilganmi yoki baxtsiz hodisa tufayli tushib ketganmi, hozircha ma’lum emas.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga shu vaqtda ushbu hududda xizmat olib borayotgan huquq -tartibot idoralari vakillari va tez yordam mashinasi yetib kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Kiritildi: 10:59 21.06.2021. O'qildi: 5479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!