Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Chilonzorda avtobus yonib ketdi (foto)

A A A
Chilonzorda avtobus yonib ketdi (foto)

Bugun, 14 may kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi 19-mavzeda 94-yo‘nalish bo‘yicha qatnovchi avtobus yonib ketdi. Bu haqda «Daryo»ning mobil muxbiri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 08:30 lar atrofida «Majnuntol» restorani qarshisida Mercedes Benz rusumli avtobus yonib ketgan. Yo‘lovchilar yong‘in kuchayguniga qadar avtobusni tark etishga ulgurgan.

Haydovchining so‘zlarga qaraganda, yong‘in boshlanishi u barcha eshiklarni ochib, yo‘lovchilarni tushirib yuborgan. Noxush hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Foto: «Daryo» / Ziyodbek Ismoilov

Foto: «Daryo» / Ziyodbek Ismoilov

Kiritildi: 00:03 14.05.2018. O'qildi: 1771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik