Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Chilonzor va Sergeli tumanlarida dori vositalarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

A A A
Chilonzor va Sergeli tumanlarida dori vositalarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.B. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, 90 dona “Human Albumin Solution” nomli dori vositasini fuqaro B.B.ga 59,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning “Lacetti” rusumli avtomobili yuk xonasidan jami 93,3 mln so‘mlik 7 turdagi 185 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.I. fuqaro SH.R.ga 308 dona “Regapen” va 11 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 800 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) va 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:38 11.04.2023. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!