25 iyun, juma kuni ertalab Chexiya Respublikasining g‘arbidagi Karlovi Vari viloyati, Sokolov shahridagi o‘rta maktablardan birida favqulodda holat yuz berdi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, dars davomida o‘quvchilar hushini yo‘qotgan, jami 19 nafar o‘quvchi hushidan ketgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga shoshilinch ravishda sakkizta tez yordam brigadasi, o‘t o‘chiruvchilar va polisiya xodimlari yetib kelishdi.
Yaxshiyamki, barcha bolalar o‘zlariga kelishdi, ularning hayotiga tahlika yo‘q. Talabalarning bir qismi chuqur tadqiqotlar o‘tkazish uchun kasalxonaga olib ketilgan.
Hozirda hodisa sabablari aniqlanmagan, ikkita versiya mavjud - ovqatdan zaharlanish va gazdan zaharlanish. Qayd etilishicha, dastlabki ekspertiza davomida ta’lim muassasasi binosida zararli moddalar sizib chiqmagan.