Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Chet ellik talabalar uchun konsullik yig‘imi miqdori kamaytiriladi

A A A
Chet ellik talabalar uchun konsullik yig‘imi miqdori kamaytiriladi

Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik yig‘imlari tarifiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasini tayyorladi.

Farmon loyihasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy mamlakatlardan o‘qishga keladigan chet el fuqarolaridan bir yillik ko‘p martalik viza uchun undiriladigan konsullik yig‘imi miqdorini 30% ga (175 AQSh dollari) kamaytirish nazarda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, farmon loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun kelish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari oqimining oshishiga ko‘maklashadi.

TIVga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ko‘p martalik bir yillik kirish vizasini rasmiylashtirish uchun RF (240$), Qozog‘iston (200$), AQSh (160 $), Turkiya (150 $), Xitoy (90 $) konsullik yig‘imlari belgilangan.

Kiritildi: 20:15 11.03.2021. O'qildi: 2034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!