Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Chet el fuqarosining qarzi sababli, unga tegishli uy auksionga chiqarildi

Chet el fuqarosining qarzi sababli, unga tegishli uy auksionga chiqarildi

Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “A.I.L.” MCHJ va chet el fuqarosi A.Kumardan undiruvchi korxona “S.L.D.” MCHJ foydasiga 876 mln. 806 ming 250 so‘m qarzdorlik summasini undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan A.Kumarga tegishli bo‘lgan Mirobod tumani, "Nukus" ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida, ushbu xonadon ko‘zdan kechirilib, xatlangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida garovda bo‘lgan ko‘chmas mulk auksion savdolariga chiqarilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘lari undiruvchi korxona foydasiga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!