Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Chempionlar ligasining «Mavsum kashfiyoti» e’lon qilindi

Chempionlar ligasining «Mavsum kashfiyoti» e’lon qilindi

«Real» yarim himoyachisi Arda Gyuler Chempionlar ligasining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Turkiyalik futbolchi UYEFA matbuot xizmati tomonidan «Mavsum kashfiyoti» nominasiyasida g‘olib deb e’lon qilindi.

2025/2026 yilgi Chempionlar ligasi mavsumida 21 yoshli Arda Gyuler 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, «Real» Chempionlar ligasining chorak finaligacha yetib borgan edi. U yerda Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa «Bavariya»ga imkoniyatni boy berdi.

Chempionlar ligasi g‘olibi esa ikkinchi yil qatorasiga «PSJ» bo‘ldi. Luis Enrike jamoasi finalda «Arsenal» bilan durang (1:1) qayd etgach, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 23:30 31.05.2026. O'qildi: 205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!