Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari baholandi

Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari baholandi

FourFourTwo portali jurnalistlari jamoalarning yangi UYEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholashdi.

Amaldagi g‘olib Fransiyaning "PSJ" klubi turnirning asosiy favoriti hisoblanadi. Reytingda ikkinchi o‘rinda "Barselona" joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikni esa Angliyaning "Liverpul" jamoasi yakunlagan.

Kuchli o‘ntalikka shuningdek: "Real", "Chelsi", "Bavariya", "Arsenal", "Manchester Siti", "Napoli" va "Inter" kiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi final uchrashuvida "PSJ" va Milanning "Inter" klublari to‘qnash kelgandi. Luis Enrikening jamoasi Italiya top-klubini osonlik bilan 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar tarixda birinchi marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishdi.

Kiritildi: 16:33 03.09.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!