Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

“Chelsi” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yinda super hisob qayd etildi

A A A
“Chelsi” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yinda super hisob qayd etildi

2-noyabr kuni Angliya premer-ligasining 12-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “Chelsi” va “Manchester Siti” jamoalari to‘qnash kelishdi. Jamoalar Londondagi “Stemford Bridj” stadionida o‘ynashdi. Uchrashuvni Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuv 4:4 hisobida durang bilan yakunlandi.

25-daqiqada “Chelsi” darvozasiga penalti belgilandi. Penaltini Erling Xoland golga aylantirib, hisobni ochdi va mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 29-daqiqada “Chelsi”ning 39 yoshli himoyachisi Tiago Silva hisobni tenglashtirdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib London klubi oldinga chiqib oldi. Yarim himoyachi Rahim Sterling gol urdi. Birinchi bo‘limning eng so‘nggida, 45+1-daqiqada “Manchester Siti” himoyachisi Manuyel Akanji hisobni tenglashtirdi. O‘yin qayta boshlanganidan so‘ng deyarli darhol Erling Xoland ikkinchi golini urdi va "shaharliklar"ni oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada “Chelsi” hujumchisi Nikolas Jekson hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi. 86-daqiqada yarim himoyachi Rodrigo Ernandes "Siti"ning to‘rtinchi golini urdi. 90+5-daqiqada londonliklar penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi va uni Koul Palmer ishonchli tarzda golga aylantirdi.

Bu o‘yindan so‘ng Xosep Gvardiola shogirdlari ochkolari sonini 28taga yetkazib oldi. Jamoa Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Chelsi” 16 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 08:51 13.11.2023. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!