Liam Rosenyor "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishga yaqin turibdi. Agar kutilmagan hech narsa yuz bermasa, 41 yoshli murabbiy "ko‘klar" boshqaruvidagi ilk o‘yinini 7 yanvar, chorshanba kuni, Premyer-liga doirasida "Fulxem"ga qarshi o‘tkazadi, deb xabar bermoqda jurnalist Aleks Kruk.
Yakshanba kuni "Chelsi" "Manchester Siti"ga qarshi bahsda durang o‘ynadi (1:1). London jamoasini yoshlar jamoasi murabbiyi, vaqtincha boshqaruvchi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarlen boshqargan.
Liam Rosenyor bir yarim yil davomida "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Enso Mareskaning o‘rnini egallaydi.