Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

“Chelsi” 100 million yevroga ukrainalik hujumchi sotib oldi

A A A
“Chelsi” 100 million yevroga ukrainalik hujumchi sotib oldi

Londonning «Chelsi» klubi «Shaxtyor» futbolchisi Mixail Mudrik transferini e’lon qildi.

Klub rasmiy saytiga ko‘ra, ukrainalik 22 yoshli vinger London klubi bilan 8,5 yillik shartnoma imzolagan. Mudrik bugun, 15 yanvar kuni Londonga yetib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Ukrainalik vinger yangi jamoasida yillik 7,5 million yevro maosh oladi.

Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, «aristokratlar» 22 yoshli vinger uchun Ukraina klubiga bonuslar bilan birga 100 million yevro to‘laydi.

Kiritildi: 21:52 15.01.2023. O'qildi: 2316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik