Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Cheklardagi summadan tashqari boshqa xatoliklarni muddatsiz tahrirlash mumkin

A A A
Cheklardagi summadan tashqari boshqa xatoliklarni muddatsiz tahrirlash mumkin

Soliq to‘lovchilar 01.01.2023-yildan boshlab berilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda summadan tashqari quyidagi ma’lumotlarni my3.soliq.uz da "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi ma’lumotlari" sahifasidagi "Chek ma’lumotlari" bo‘limida muddasiz tahrirlashi mumkin:

▫️Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi va stavkasini (0/12%)
▫️Mahsulot va xizmatlar identifikasiya kodini (MXIK)
▫️Komitent STIRini;
▫️mahsulot miqdorini;
▫️o‘lchov birligini;
▫️to‘lov turini (naqd pul yoki bank karta).

“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Tadbirkor chek tahrirlanishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni o‘z zimmasiga olishi haqidagi murojaatini (faqat bitta fayl) ilova qilishi lozim.

Tahrirlangan cheklar bo‘yicha lozim bo‘lgan taqdirda, soliq hisobotlarini qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni keltirib chiqaradi.

Kiritildi: 11:16 16.07.2024. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!