Chad poytaxti Njamena shahridagi prezident saroyiga qurollangan shaxslar hujum qildi.
Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmatiga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
"Al-Arabiya" xabariga ko‘ra, hujum qilganlar "Boko Haram" jangarilari bo‘lgan.
Vaziyat davlat qo‘shinlari nazorati ostida ekanligi qayd etildi.