Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

CBS: AQSh Suriyaga yordam dasturini to‘xtatdi

A A A
CBS: AQSh Suriyaga yordam dasturini to‘xtatdi

AQSh hukumati Suriya shimoli-g‘arbiga ko‘rsatib kelayotgan yordam dasturini to‘xtatdi. Bu haqda “CBS News”ga tayanib, “Gazeta.ru ” xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, har yili Qo‘shma Shtatlar “mahalliy jamiyatni barqarorlashtirish” va mintaqadagi “mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlash” uchun ma’lum miqdorda mablag‘ ajratib kelgan.

Ta’kidlanishicha, AQShning mazkur qarori haqida Yevropa davlatlari ogohlantirilgan.

Shu bilan birga telekanal ekspertlari AQSh mintaqadan chiqib ketishi mumkinligidan xavotirda. Ularning fikricha, bu boshqa mamlakatlarning Suriyadagi ishtirokini “qayta ko‘rib chiqishga” majbur qiladi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 03:26 19.05.2018. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik