Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihalarini ham ko‘rib chiqdi.
Ma’lumki, Toshkent metropolitenini Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Prezidentimiz avval taqdim qilingan loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, boshqa muqobil takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shunga muvofiq tayyorlangan yangi loyihaga ko‘ra, Buyuk ipak yo‘li metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi. Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.