Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan "Buyuk ipak yo‘li" metro bekati yaqinidagi yer osti yo‘li tomining bir qismi qulab tushgani haqida xabar tarqaldi.
Favqulotda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarga ko‘ra, joriy yil 12-avgust kuni, tahminan soat 14:30da yer osti yo‘lining ustki ko‘cha qismida ekilgan gazonlarga suv quyish natijasida yer osti yo‘lining tepasida to‘planib qolgan suv og‘irligi natijasida plastik (alyukobond) ning bir qismi qulab tushgan, jabrlangan, jarohat olganlar yo‘q.
Bir necha daqiqalar ichida muammo mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgan.