Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniyada amaldor uy xaridi uchun soliqni to‘liq to‘lamagani sababli iste’foga chiqdi

Buyuk Britaniyada amaldor uy xaridi uchun soliqni to‘liq to‘lamagani sababli iste’foga chiqdi

Bu haqda The Guardian ma’lum qildi.

Anjela Reyner ko‘chmas mulk xaridi paytida soliqni kam to‘lash bilan bog‘liq mojarodan so‘ng barcha lavozimlaridan iste’foga chiqishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda gazeta.

The Guardian'ning yozishicha, hukmron Leyboristlar partiyasi a’zosi bo‘lgan siyosatchi uy sotib olishda soliqni yetarlicha to‘lamaganini tan olgan. U partiyaning so‘l qanoti umidi sifatida ko‘rilayotgan edi. Mojaro kuchaygach, Reynerning o‘zi tekshiruv o‘tkazishni so‘rab parlament komissiyasiga murojaat qildi.

Komissiya xulosasiga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Buyuk Britaniya hukumati a’zolari uchun belgilangan xulq-atvor standartlarini buzgan.

"Men bu xatolik uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmamga olaman. Soliq hisob-kitobida huquqshunoslarning maslahatiga tayangan edim, ammo keyinchalik bu noto‘g‘ri ekani ma’lum bo‘ldi", — deb yozdi siyosatchi bosh vazir Kir Starmerga yo‘llagan iste’fo xatida.

Kiritildi: 21:38 06.09.2025. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!