Bu haqida The Times xabar berdi.
Nashr manbasining ma’lumotiga ko‘ra, bu uzoq muddatli majburiyat bo‘lib, yillar davom etishi mumkin.
"Bir nechta davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Kanada va Avstraliya, Ukrainaga 30 ming nafargacha harbiy xizmatchi yuborish rejasini muhokama qilmoqda. Boshqa davlatlar esa qurol-yarog‘ va moddiy-texnik ta’minot bilan yordam berishga tayyorligini bildirgan", deb yozadi gazeta.
Avvalroq The Times Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer 15 mart kuni “Ukrainaga yordam berishni xohlovchi davlatlar koalisiyasi”ning onlayn uchrashuvida Ukrainada tinchlikparvar sifatida 10 mingdan ortiq harbiyni joylashtirish rejalari haqida gapirganini xabar bergan edi.