Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya ta’lim dasturi joriy etildi: O‘zbekistonlik o‘quvchilarga «Foundation» dasturi bo‘yicha ta’lim berilmoqda

A A A
Buyuk Britaniya ta’lim dasturi joriy etildi: O‘zbekistonlik o‘quvchilarga «Foundation» dasturi bo‘yicha ta’lim berilmoqda

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida 2019 yilning Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb e’lon qilinishi nafaqat moliyaviy investisiyalar, balki intellektual investisiyalarni qo‘llab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirishni ham belgilagandi.

Oliy ta’lim muassasalari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish zarurligini bugun davrning o‘zi talab qilyapti.

Shu maqsadda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Buyuk Britaniyaning NCUK FOUNDATION konsorsiumi filiali bo‘lgan NCUK Foundation Tashkent nodavlat ta’lim muassasasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Buyuk Britaniya qirolligining rasmiy vakillari, mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, olimlar, mutaxassislar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, joriy yilning yanvar oyida Buyuk Britaniyaning British Education xalqaro ta’lim tashkiloti ta’sischiligida O‘zbekistonda tashkil etilgan Vritish Foundation Tashkent nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan xalqaro ta’lim standartlari asosida 50 nafarga yaqin kollej, akademik lisey va maktab bitiruvchilariga Foundation dasturi bo‘yicha ta’lim berish boshlandi.

Barcha o‘quv jarayonlari Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar tomonidan ingliz tilida o‘qitilmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur ta’lim muassasasida qo‘shni davlatlardan kelgan talabalar ham tahsil olyapti.

Talabalar NCUK FOUNDATION dasturi asosida ingliz tili, metematika, biznes va ekonomika fanlaridan 6 oy davomida bilim oladi va Buyuk Britaniyadagi 16ta oliy ta’lim muassasalaridan o‘zlari xohlagan universitetlarga imtihonlarsiz imtiyozli o‘qishga kirish uchun yo‘llanma beruvchi sertifikatga ega bo‘ladi.

Buyuk Britaniyadagi British Education xalqaro ta’lim tashkiloti ta’sischiligida Vritish Foundation Tashkent nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etildi va O‘zbekistonga FOUNDATION dasturi joriy etildi, deydi Vritish Foundation Tashkent nodavlat ta’lim muassasasi direktori Feruza Omonova. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi zamonaviy va nufuzli ta’lim muassasasi hisoblanadi. Prezidentimiz Konstitusiyamiz qabul qilinganining 26 yilligida qilgan ma’ruzasida ta’lim sohasida ta’lim standartlari va o‘qitish uslublarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida, o‘quvchining individual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish hamda iqtisodiyotning real sektoridagi talabni kamida 10-15 yil oldin prognoz qilib, mutaxassislar tayyorlash choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidlagan edilar. Bizning ushbu ta’lim muassasamiz ham O‘zbekistonga zamonaviy, raqobatbardosh ta’limni olib kirishiga ishonaman.Tadbir davomida British Education xalqaro ta’lim tashkiloti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. Memorandum iqtidorli yoshlarimizga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tavsiyasiga asosan Vritish Foundation Tashkent nodavlat ta’lim muassasasida grant asosida o‘qish imkoniyatini beradi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 21:30 26.02.2019. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!