Trampning Kanadani AQShning 51-shtatiga aylantirish bayonotlari fonida Buyuk Britaniya qiroli tarixiy tashrif bilan Ottavaga bordi
Charlz III Britaniya Hamdo‘stligi davlat rahbari sifatida bugun parlamentda nutq so‘zladi.
Telegraph’ning yozishicha, qirol nutqida butun dunyoga Kanada sotilmasligi haqida xabar yo‘llagan. Shuningdek, Charlz III Oq uy rahbarini eslatmasdan, Ottava duch kelayotgan mislsiz muammolar borligini qayd etgan.
Washington Post esa monarxning tashrifi Trampning pichinglari ortidan ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidlagan.