Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va qirolicha Kamilla ikki kunlik tashrif bilan Kanadaga keldi — BBC

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va qirolicha Kamilla ikki kunlik tashrif bilan Kanadaga keldi — BBC

Kanada uchun ramziy davlat rahbari bo‘lgan qirol Charlz III mamlakat parlamentida taxt nutqi — parlament va xalqqa murojaat bilan chiqish qiladi. Britaniya monarxi bunday nutq bilan Ottavada so‘nggi marta deyarli yarim asr oldin chiqish qilgan edi.

1975 yilda Charlz III ning onasi, qirolicha Yelizaveta II Kanada parlamentida millatga murojaat qilgandi.

Manbalarga ko‘ra, Charlz III ning nutqi Kanada hukumati ishtirokida yozilgan bo‘lib, unda Kanadaning suverenitetini himoya qilish, Trampning ushbu mamlakatni AQSh tarkibiga qo‘shish kerakligi haqidagi bayonotlariga qarshi fikrlar qayd etilgan.

Kiritildi: 10:33 27.05.2025. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!