Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya katta miqdordagi sarmoyalar bilan Shotlandiya mustaqilligining oldini olmoqchi

Buyuk Britaniya katta miqdordagi sarmoyalar bilan Shotlandiya mustaqilligining oldini olmoqchi

Boris Jonson boshchiligidagi hukumat Shotlandiyaning Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hududdagi yirik infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p mlrdlik mablag‘larni yo‘naltirishga tayyorlanmoqda deb yozmoqda The Times.

Ta’kidlanishicha, hozirda mamlakat rasmiylari Shotlandiyadagi transport loyihalariga va milliy sog‘liqni saqlash tizimiga sarmoya kiritish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, London mahalliy hukumatni chetlab o‘tib, Shotlandiyaning aniq munisipalitetlariga byudjetdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ yo‘naltirmoqchi.

Bundan tashqari, biznesni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari doirasida hukumat Aberdin va Inverness portlariga imtiyozli soliq shartlarini nazarda tutadigan maxsus maqom berishi mumkin. Nashrning yozishicha, Birlashgan Qirollik hukumati Shotlandiya aholisiga bitta davlatda birga yashashning afzalliklarini «so‘z bilan emas, balki amalda» namoyish etishni istaydi.

Kiritildi: 12:40 12.05.2021. O'qildi: 2486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!