Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya har yili 124 milliard dollar yo‘qotadi, chunki...

Buyuk Britaniya har yili 124 milliard dollar yo‘qotadi, chunki...

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi (Brexit) mamlakat iqtisodiyotiga har yili 100 milliard funt sterling (124 milliard dollar) zarar keltiradi, chunki Birlashgan Qirollik kamroq sarmoya, yo‘qotilgan xodimlar va savdo daromadlarini oladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, agar mamlakat Yevropa Ittifoqidan chiqmaganida, 2022 yil uchun Britaniya yalpi ichki mahsuloti hajmi 4 foizga ko‘p bo‘lar edi. Bundan tashqari, Qirollik Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 370 mingga yaqin ishchisini yo‘qotdi.

"Buyuk Britaniya 2016 yilda Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz berganida o‘ziga zarar yetkazdimi? Bugungi kunga kelib olingan dalillar ham shunday ekanidan dalolat beradi", - deydi iqtisodchilar Ana Andrade va Den Xanson.

O‘tgan dekabr oyida Independent gazetasi Londonda joylashgan Yevropa islohoti markazi (CER) tadqiqot markazining tadqiqotiga tayanib, Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish qarori tufayli 2022 yilning iyuniga qadar 33 milliard funt sterling (41 milliard dollar) yo‘qotganini xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum 2016 yilda bo‘lib o‘tgan edi. Brexit tarafdorlari referendumda 51,9% ovoz bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 48,1% qarshi chiqqan edi.

Kiritildi: 23:46 31.01.2023. O'qildi: 4287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!