Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSh diplomatlari O‘zbekistondagi qamoqxonani ko‘zdan kechirdi

Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSh diplomatlari O‘zbekistondagi qamoqxonani ko‘zdan kechirdi

Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSh diplomatlari O‘zbekiston qamoqxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda mazkur davlatlar elchixonalari xabar berdi.

Unga ko‘ra, 20 iyun kuni Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adriayen va AQSh missiyasi rahbari o‘rinbosari Pol Poletes O‘zbekiston hukumati taklifiga binoan Toshkent viloyati Chirchiq tumanidagi koloniyaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida diplomatlarga mahkumlarga tibbiy yordam va davolash xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlar hamda kiyim-kechak va mebel ishlab chiqaruvchi ikkita ustaxona ko‘rsatildi. Shuningdek, qamoqxona xodimlari ushbu muassasada jazo muddatini o‘tayotganlarning kundalik hayoti haqida alohida taqdimotlar qildi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Diplomatlar qamoqxona xodimlarining ochiqligini e’tirof etdi va so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldi.

O‘zbekiston “Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning fakultativ protokoli”ni (OPCAT) ratifikasiya qilishini e’lon qildi. Buning bir qismi sifatida Milliy profilaktika mexanizmi doirasida qamoqda saqlash joylari bo‘yicha har tomonlama va mustaqil hisobotlarni yuritib borish yo‘lga qo‘yiladi. Mustaqil tekshiruvlarni amalga oshirish adliya sohasini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarni ilgari surishda O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga sodiq sherik bo‘lib qoladi hamda bu sohadagi hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi.

“O‘zbekistonning mamlakatda inson huquqlarini yaxshilash yo‘lida bardavom ekanini ko‘rish quvonarlidir. Biz Buyuk Britaniyada qamoqxonalar bilan bog‘liq ko‘p muammolarga duch kelganmiz. Ochiq muhokama va mustaqil tekshiruvni yo‘lga qo‘yish orqali biz ulardagi sharoitlarni yaxshilashga muvaffaq bo‘lganmiz. Bunday imkoniyat uchun O‘zbekiston hukumati va 13-qamoqxona rahbariyatidan juda minnatdorman. Bugun ko‘rgan joylarimizda ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va reabilitasiyaga qaratilayotgan e’tibor meni hayratda qoldirdi. Bu yerda olinayotgan hayotiy ko‘nikmalar insonlar uchun ham, ularning mahallalari uchun ham alohida qimmatga ega”, — deydi Buyuk Britaniya elchisi.

Kiritildi: 18:25 21.06.2024. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!