Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi — Sky News

Buyuk Britaniya Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi — Sky News

Kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya Hind okeanidagi ushbu hudud ustidan suverenitetidan butunlay voz kechadi, biroq u yerdagi strategik harbiy baza — Diyego-Garsiyani 99 yil muddatga ijaraga oladi. Mazkur bazada AQSh harbiy aviasiyasi ham joylashgan bo‘lib, uning ijarasi yiliga 100 million funtdan ortiqni tashkil etadi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer matbuot anjumanida mazkur baza “nihoyatda muhim ahamiyatga ega” ekanini ta’kidladi.

2019 yilda BMT Xalqaro sudi Buyuk Britaniya Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirishi kerakligi to‘g‘risida qaror chiqargan edi.

Kiritildi: 09:49 23.05.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!