"Kiyev va London “Yuz yillik hamkorlik” to‘g‘risida kelishuv imzolashi kutilmoqda, bu mavjud mudofaa sohasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtiradi", deb xabar bermoqda The Guardian.
Associated Press'ning qo‘shimcha qilishicha, kelishuv ilm-fan, savdo va iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni ham qamrab oladi.
Shuningdek, Kir Starmer va Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniyaning Ukrainaga qanday xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishi, jumladan, Rossiya bilan sulhdan so‘ng Ukrainada britan tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish ehtimoli haqida ham muzokara olib borishi kutilmoqda.
Ushbu tashrif Starmerning Buyuk Britaniya bosh vaziri sifatida Ukrainaga birinchi safaridir. Bungacha u 2023 yil iyul oyida muxolifat yetakchisi sifatida Kiyevga kelgan, shuningdek, Londonda ikki marta Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.