Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroga ketayotgan afg‘onistonlik fuqaro poyezdda yukini yo‘qotib qo‘ydi

Buxoroga ketayotgan afg‘onistonlik fuqaro poyezdda yukini yo‘qotib qo‘ydi

Buxoroga ketayotgan afg‘onistonlik fuqaro poyezdda yukini yo‘qotib qo‘ydi, deb xabar bermoqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi.

Unga ko‘ra, Samarqand—Buxoro yo‘nalishidagi Sharq yo‘lovchi poyezdi bilan Samarqand shahridan Buxoro shahriga sayohat qilish maqsadida ketayotgan, Afg‘oniston Respublikasi fuqarosi Xaydarzoda Muxammad Bashir o‘ziga tegishli bo‘lgan qo‘l yukini yo‘qotib qo‘ygani yuzasidan Samarqand viloyati TXTB xodimlariga murojaat qilgan.

Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida, mazkur qo‘l yuki ichida bo‘lgan buyumlari bilan topilib, butun holda o‘z egasiga topshirildi.

Kiritildi: 17:22 26.04.2024. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!