Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati @SputnikUzbek’ga ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, samolyotda dvigatellardan birida nosozlik yuz bergan. Shundan so‘ng, ekipaj tezkorlik bilan Vnukovo aeroportiga qo‘nishga qaror qilgan. Qo‘nish muvaffaqiyatli o‘tgan, jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda safarni davom ettirish uchun zaxira borti yuborildi. Mutaxassislar esa texnik ishlar bilan shug‘ullanmoqda.