Avval xabar berganimizdek, bugun, 4 yanvar kuni soat 17:50 da Buxoro shahri Islom Karimov ko‘chasida qurilishi tugallanmagan 8 qavatli binoda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan edi.
Olingan qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, oqibatda ikki nafar ishchilarga yengil tan jarohati yetgan. Jabrlanganlar shahar kasalxonasiga joylashtirildi. Hozirgi vaqtga kelib halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyida ish olib borishmoqda.
Bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushganda, vazirlikning rasmiy manbalari orqali xabar beriladi.