Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoroda sodir bo‘lgan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda sodir bo‘lgan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Jondor tumanida Isuzu yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashib ketdi.

Jondor tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Tuman hokimi YTHning oqibatlarini bartaraf etish va shu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish to‘g‘risida farmoyish chiqardi.

Hujjatda keltirilishicha, YTH 2024 yilning 22 yanvar kuni soat 17:48da sodir bo‘lgan. “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomagistral yo‘lining Jondor tumani hududidan o‘tgan 299-kilometrida Isuzu transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 19:26 10.02.2024. O'qildi: 2570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!