Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda poezd «Nexia»ni bosib ketdi. Ikki yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi

Buxoroda poezd «Nexia»ni bosib ketdi. Ikki yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida poyezd va "Nexia" avtomobilining to‘qnashuvi oqibatida ikki fuqaro vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB video xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, avtohalokat Qorovulbozor tumanidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tasarrufidagi ichki xo‘jalik avtomobil yo‘lining Qorovulbozor raz’ezdi temir yo‘lning qo‘riqlanmaydigan kesishmasida sodir bo‘lgan. Ushbu ichki xo‘jalik yo‘li Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan qo‘riqlanadigan hudud sanaladi va kirib-chiqishi uchun blokpost tashkil etilgan. Ushbu hududga faqat mazkur korxonada ishlovchi xodimlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari maxsus ruxsatnoma asosida kirib-chiqishi mumkin. O‘rnatilgan videokameralar kuzatilganda, baxtsiz hodisa ham aynan shu zavod ishchilari bilan sodir bo‘lgani aniqlangan. 

Zavod ishchisi R.J. yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rsa-da, temir yo‘l kesishmasidan tezroq o‘tib ketishni ko‘zlagan, oqibatda poyezdning old qismi haydovchi boshqarib borayotgan "Nexia"ning chap tomoniga urilgan. Natijada avtomashina haydovchisi R.J. hamda old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi SH.N. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

YTH sodir bo‘lgan joyida barcha yo‘l belgilari mavjud bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 15 noyabrdagi qaroriga muvofiq, atrofi o‘ralgan hududlar, qo‘riqlanadigan va kirish ruxsatnoma orqali amalga oshiriladigan tashkilotlarning ichkarisida sodir bo‘ladigan holatlar yo‘l transport hodisasi sifatida statistika hisobiga olinmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Kiritildi: 15:07 13.12.2020. O'qildi: 3570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!