Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda noqonuniy kriptovalyuta orqali 3 mln dollar ishlagan o‘smir ushlandi

Buxoroda noqonuniy kriptovalyuta orqali 3 mln dollar ishlagan o‘smir ushlandi

Buxoroda noqonuniy tarzda kriptovalyuta orqali $3 mln ishlagan o‘smir ushlandi. Bu haqda «Milliy» telekanalidagi «Millar» ko‘rsatuvida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli o‘smir belgilangan tartibda lisenziya olmasdan jami 34 mlrd so‘mga teng bo‘lgan kripto-aktivlarini olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik xodimlari tomonidan kriptovalyutalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq tezkor tadbir o‘tkazilgan

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278−8-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:22. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!