Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda “Nexia-3”, “Spark” va “Damas” to‘qnashdi

Buxoroda “Nexia-3”, “Spark” va “Damas” to‘qnashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Buxoroda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, bugun, 23 yanvar kuni soat 08:22 larda Buxoro viloyati, Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 278-km.da “Nexia-3”, “Spark” hamda “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, faqatgina transport vositalariga moddiy zarar yetgan xolos.

Hozirda mazkur YTH yuzasidan Buxoro tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:21 23.01.2023. O'qildi: 2244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!