Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda mansabdor tanishlaridan foydalanib, 10.000 dollar pul talab qilgan jinoiy guruh qo‘lga tushdi

Buxoroda mansabdor tanishlaridan foydalanib, 10.000 dollar pul talab qilgan jinoiy guruh qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Vobkent tumani, Kulonchi mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan G‘.S. ismli shaxs jinoiy sherigi Toshkent shahri, Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi 1965 yilda tug‘ilgan M.X. bilan bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, S.M.ning mulkini aldash va uning ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 4 nafar qarindoshlarini “Enter engineering” kompaniyasining “Uz.JTL” tarmog‘ida mansabdorlik lavozimida ishlovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, S.M. dan har bir qarindoshi uchun 2.500 AQSh dollaridan, jami 10.000 AQSh dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida berishga dalolat qilib, ushbu pullardan 90.000.000 so‘mni Buxoro shahrining G‘ijduvon ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birgalikda qo‘lga olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.S. va M.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:50 09.06.2021. O'qildi: 2050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!